Среда, 23.08.2017, 21:29

Сайт "Наманганской области"

Приветствую Вас Гость

Поиск
Наманган-онлайн
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
.
Категории каталога
СПОРТ [54]
о спорте в Намангане
ЗАДАТЬ ВОПРОС - ПОЛУЧИТЬ ОТВЕТ [0]
ЗДЕСЬ ПОЛЬЗОВАТЕЛИ ДЕЛЯТЬСЯ СОВЕТАМИ
"НАМАНГАНСКАЯ ПРАВДА" [238]
Обзор газеты "Наманганская Правда"
ПОЭЗИЯ [9]
Узбекча материаллар [1]Об городе НАМАНГАН [12]
САЙТ ХОКИМИЯТА НАМАНГАНА [2]ИСТОРИЯ ГОРОДА НАМАНГАНА [1]
Разное [62]
Наш опрос
Довольны ли Вы освещением улиц вашего города?
Всего ответов: 239
Главная » Статьи » ПОЭЗИЯ

Узбекские стихи автора Эрманбетовой Шохсанам

 
ONA, sochingizga oqlik qo’nibdi.
YO sizga ozorlar yetdimi bizdan.
Ko’nglingiz oqlikka to’liq-ku, ONA,
Ayting, ketsik endi sochlaringizdan.

ONA, oqqushlarga quving ularni,
Ketsin, samolarga uchiblar ketsin.
ONA, oq qishlarga quving ularni,
Quvsin, qutliklarni quviblar ketsin.

ONA, bulutlarga quving yaxshisi,
O’tsin, yomg’ir bo’lib yog’iblar o’tsin.
Quving, hasratlarga qo’shgancha quving,
Hasratlar siznimas yerlarni o’ysin.

Taqdiri azaldan bitta o’tinchim:
Onamning sochlarin endi tinch qo’ysin!
 
 
Bu dunyoniyag go’zalligi rost,
Samolarni, ko’klarni suydim.
Xohishim yo’q, ammo bir kecha
Men uyqumni uxlatib qo’ydim.

Go’zal kecha tarovati zo’r,
Oy kemasi qalqadi ko’kda.
Dunyo edi qop-qora dengiz,
Bunda edi dengiz sukutda.

Nega yorni qo’msamoqsa dil,
Yurak nega chalar do’mbira?
Xayol oti yor tomon chopdi,
Jilovini bermasdan sira.

Muhabbatga to’lgan kechada,
Sevdim, ishqning zavqiga to’ldim.
Yurak qurg’ur talpingan yorning
Yodidamas yonida bo’ldim.

Daftarchamga men bu kechani,
«Ajoyib tun» deb yozib qo’ygum.
Har tong quyosh timsolida jim,
Tog’ ortidan boqadi sevgim.

Go’zal dunyo
va ajoyib tun...
 
 
Oq qorning yuragin teshib boychechak.
Xushbo’y hid atrofni kezganda behos,
Tog’lar oq to’shakdan kechgani sayin
Sharshara jar solar, soladi uvvos.

Gurkirab yashnagan maysalar misol
Jo’sh urar dehqonning ko’nglida g’ayrat.
ONA yurt, yig’lasang ovutmoqlik uchun
Boshingga kamalak taqar tabiat.

Shu chog’da qaydadir gullagan bodom,
Yo endi nish otgan o’zga bir joyda.
Yalpizlar atrini sochgan bu yurtning
Musaffo havosi tanga ming foyda.

Oq bulut tog’larning beliga belbog’,
Qaldirg’och qanoti qitiqlar dilim.
Bodomning gulidan oq libos kiydim,
Men kiydim poklikning, hurlikning yukin.

Ona yurt, madhingni bitmoqlik dushvor,
Bahoring baxtingdan daraklar bersin.
O’zbekning yurtini bilmoqchi bo’lgan,
Yaxshisi, bir kelib bahorin ko’rsin.
 
 
 
 
Oqshomlar baxt chalgan xushtagi,
Azoblar yuragim chavaqlab,
Shumligin boshladi taqdirim,
Baxtsizlik bobini varaqlab.

Yig’lagim kelyapti, onajon!

Hasratim quyoshga aytuvdim,
Oqshomlar qoniga botyapti.
Yuragim tun bo’ldi, u esa
Saxarlar tong bo’lib otyapti.

Yig’lagim kelyapti, onajon!

Uzatdim, qaytardi qo’limni,
Ishq degan ko’ngilning doyasi.
Tog’larga teng kelgan bardoshning
Quladi gul ungan qoyasi.

Yig’lagim kelyapti, onajon!

Ishqimga azobni pesh
Qaytanga diydasi qotyapti.
Erishsam gar kichik baxtimga,
Parchalab har yonga otyapti.

Yig’lagim kelyapti, onajon!
 
 
 
Qo’rqaman...
Nimadir soldi xavotir,
Yolg’izlik chog’ida astoydil yana.
Nega bir nuqtadan olmayapman ko’z?
Ichimda o’zimmi yoki begona?

Qiziqda,
Har nega bo’ldim mahliyo.
Tun go’zal, kun go’zal,
Olam xo’p nafis...
U nima? Lolmanu uning taftidan
Goho sovuqqotdim, goho iliq his.

Avraydi...
Aldaydi, ovutar takror,
Dardimni bilmoqqa urinar har kez.
«Bu ko’ngil o’g’risi kim? - desam, aytar:
«Men she'ring, qalam ol,
Dil nomangni yoz». '

Hayronman,
U do’stmi yo ichki g’anim,
Sirimni birpasda qog’ozga sotar.
Dardimga qog’ozning yetmay bardoshi,
Ming bukib qaddini, ayvonda yotar...

 

 



Источник: http://namangan.connect.uz/lira/modules/weblog/
Категория: ПОЭЗИЯ | Добавил: namangan (23.05.2008) | Автор: Эрманбетова Шохсанам
Просмотров: 1630 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]